16:38 / 25.06.2020
10432

Lukashenko Rossiya Belarusning ichki ishlariga aralashayotganini aytdi

Aleksandr Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, hozirda internetda Belarus hukumatini yomonotliq qilish uchun "dahshatli feyklar" tarqatilmoqda.

Foto: Reuters

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya va Polsha mamlakatning ichki ishlariga aralashayotganini aytdi.

"Hukumat muxoliflari bizni o‘zlari kabi g‘irromlikka itarmoqdami? Ular ortida qo‘g‘irchoqbozlar turgani ma'lum. Ular Polshada ham. Rossiyada ham bor. Biz yaqin vaqt ichida prezident Putin bilan bu haqda gaplashamiz, ammo vaziyat juda murakkab. Eng zamonaviy soxta texnologiyalar qo‘llanilmoqda, tashqaridan saylovlarimizga, ichki ishlarimizga aralashishmoqda", - dedi Lukashenko.

Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, hozirda internetda Belarus hukumatini yomonotliq qilish uchun "dahshatli feyklar" tarqatilmoqda. U ana shunday feyklarga misol sifatida uning o‘g‘li Viktor Lukashenkoning Shveytsariyadagi hisob raqamida 840 mln dollardan ortiq pul borligi haqida tarqalgan ma'lumotni keltirdi.

"Diplomatik kanallar orqali Shveytsariyaga xat jo‘nating: bu pullarni kim olishni istasa, darhol olsin", - dedi Belarus prezidenti. 

U ma'lumotlar soxtalashtirilayotgani, bank hujjatlariga tushunmaydiganlar esa bunday xabarlarga ishonishiga e'tibor qaratdi.  

"Bunday feyklar doim bo‘ladi. Aytgancha, bu ma'lumotlar Rossiyadagi "Babichev", "Nezigar" tuzilmalari tomonidan tashlanmoqda. Ma'lumotlar Rossiyadan kirmoqda. Keyin esa uzr so‘rab, olib tashlashadi. Ammo odamlarning miyasiga joylab bo‘lishadi", - dedi Belarus rahbari.

Mavzu
Belarus-2020
2020 yilning 9 avgustida Belarusda prezidentlik saylovlari o‘tkaziladi. 26 yildan buyon mamlakatni boshqarayotgan Lukashenko bu safar ham nomzodini qo‘ygan.
Barchasi
Mavzuga oid
Top