10:36 / 25.06.2020
11467
Navoiy viloyatida koronavirusning yangi holatlari uch hududda aniqlandi

Bemorlarning 3 nafari Navoiy shahridan bo‘lib, Xatirchi va Karmana tumanlaridan 1 nafardan fuqaro ham infeksiyaga chalingan. 

Navoiy viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazining ma'lumotlariga ko‘ra, Navoiy viloyati bo‘yicha koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar umumiy ro‘yxatda 280 nafar ekanligi qayd etilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan yangi kasallanish holatlarining 5 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasidan ekanligi ma'lum qilingan edi. 

Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu bemorlarning 3 nafari Navoiy shahridan, Xatirchi va Karmana tumanlaridan 1 nafardan infeksiyaga chalingan. 

Bildirilishicha, hozirda ushbu bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan fuqarolar belgilangan tartibda qat'iy karantinga olingan.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top