16:38 / 25.06.2020
5029
O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalib chiqqanlar soni 4700dan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkentdagi tibbiyot muassasalarida 39 nafar bemor tuzalib, shu vaqtgacha jami 2606 bemor sog‘ayib chiqqani, yana 1806 bemor davolanishni davom ettirayotgani haqida xabar qildi.

Bugun Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 20 nafar, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 18 nafar, shahar 3-son tug‘ruq majmuasida 1 nafar, jami 39 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uyiga kuzatildi.

Tuzalganlarning 22 nafari erkak, 17 nafari ayol bo‘lib, ularning eng yoshi ulug‘i 68 yoshda, eng kichigi esa 4 yoshda. 

Ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida 4423 holatda  koronavirus infeksiyasi qayd etilib, endilikda ularning 2606 nafari sog‘aydi.

«Shu kunlarda shifokorlarimiz poytaxtimizdagi davolash muassasalaridagi 1806 nafar bemor hayoti uchun kurashmoqdalar.

Shu tariqa hozirgi soatgacha mamlakatimiz bo‘ylab sog‘ayganlar soni 4724 nafarni tashkil etmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

25 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6990tani tashkil etmoqda. Ayni vaqtda birgina Farg‘ona viloyati koronavirusdan xoli hudud bo‘lib qolmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top