11:00 / 25.06.2020
9192
Qorako‘lda yuqori sifatli un ishlab chiqarilmoqda

«Qorako‘l don mahsulotlari» AJ Buxorodagi yirik oziq-ovqat sanoati korxonalaridan biri hisoblanadi. Ushbu korxona viloyat aholisiga un, non, makaron mahsulotlari yetkazib kelmoqda. Shuningdek, korxona fermer xo‘jaliklarini omuxta yem bilan ham ta'minlaydi.

«Qorako‘l don mahsulotlari» AJ 2018 yilda 2 mlrd 450 mln so‘mga yangi tegirmon kompleksini ishga tushirgach, mahsulotlar yuqori sifatga ega bo‘ldi. Aksariyat iste'molchilar import mahsulotlardan ko‘ra, sifati xorijnikiga teng ammo arzon mahalliy mahsulotni tanlay boshladi.

«Qorako‘l don mahsulotlari» aksionerlik jamiyati (Qorako‘l un kombinati)ning yangi tegirmon kompleksi Turkiyaning «Gench» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.

Energiya tejamkor bu uskunalar atmosferaga oddiy tegirmonlardan 0,6 foiz kamroq chang chiqaradi. Tegirmon sutkada 110 tonna bug‘doyni qayta ishlay oladi. O‘rnatilgan 8 dona stanoklar kuniga 150 tonna donni qayta ishlash quvvatiga ega. Mahsulot sifatini oshirishda mana shu zamonaviy texnologiya orqali erishilgan.

Kombinatning 1985 yil o‘rnatilgan oldingi tegirmoni 1 tonna bug‘doyni qayta ishlash uchun 115 kVt energiya sarflagan bo‘lsa, yangi uskuna bu uchun 85 kVt elektr energiyasi sarflaydi.

Korxonaning qurilish ishlari 1985 yilda boshlangan. 1989 yilda faoliyatini boshlagan. Yillik don qabul qilish elevatori 5100 tonnaga teng.

«Qorako‘l don mahsulotlari» AJ hamkorlik qilishni istovchilar bilan muloqotga tayyor.

Manzil: Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani, Tinchlik ko‘chasi 47-uy.

Telefon: (65) 56-57-300

Reklama huquqi asosida

Top