17:08 / 25.06.2020
7059
Sirdaryoda o‘quv markazidan yong‘in chiqdi, qutqaruvchilar yonayotgan bino ichidan 111 kishini olib chiqishdi

Sirdaryo viloyatining Guliston shahridagi o‘quv markazidan yong‘in chiqishi natijasida 111 nafar o‘quvchi va o‘qituvchilar bino ichida qolib ketishgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, ayni paytga kelib ularning barchasi qutqarilgan.

«Joriy yilning 25 iyun kuni soat 14:07da Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Guliston shahri Sayxun ko‘chasi 17-uyda joylashgan “Ideal Study” nodavlat ta'lim muassasasida yong‘in kelib chiqqani to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Yong‘in-qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borishgan.

Olib borilgan tezkor choralar natijasida binoda qolib ketgan 111 nafar o‘quvchi hamda o‘qituvchilar xavfsiz hududga evakuatsiya qilindi. Shuningdek, qutqaruvchilarning sa'y-harakatlari tufayli binoning 1600 m.kv. maydoni yong‘indan asrab qolindi», deyiladi FVV axborot xizmatining xabarida.

Top