08:10 / 25.06.2020
10728
Yil boshidan beri 45 nafar ichki ishlar xodimi jinoiy javobgarlikka tortilgan

78 nafar ichki ishlar xodimi karantin qoidalarini buzganlik uchun jarimaga tortilgan, bir nafari ishdan bo‘shatilgan.

Joriy yilda 2350 nafar ichki ishlar xodimi xizmat intizomini buzgani aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov ichki ishlar organlari faoliyatiga bag‘ishlangan jamoatchilik muloqotida aytib o‘tdi.

“Safimizni adashib kirib qolganlardan tozalash bo‘yicha ko‘p ishlar amalga oshirildi. Masalan, 2019 yilda jami 7039 nafar xodimga nisbatan intizomiy jazo qo‘llanilgan. Yo‘l harakati qoidalarini buzgan 1223 xodim jarimaga tortilgan. 133 nafari jinoiy javobgarlikka tortilgan. 

Joriy yilda esa 2350 xodim xizmat intizomini buzgani aniqlandi. 529 nafari yo‘l harakati qoidalarini buzgan hamda 45 nafar xodim jinoiy javobgarlikka tortilgan. 78 nafar xodimimiz karantin qoidalarini buzganlik uchun jarimaga tortilgan, bir nafari ishdan bo‘shatilgan.

So‘zda emas, amalda qonun ustuvorligini ta'minlash — asosiy vazifamizdir”, - deydi Sh. G‘iyosov.

Top