08:27 / 26.06.2020
14498

«Afrosiyob» poyezdi oynasi beton bo‘lagidan darz ketdi

Surishtiruvni Toshkent-Janubiy vokzalida transportda xavfsizlikni ta'minlash boshqarmasi olib bormoqda.

Toshkent mintaqasi temir yo‘l transportida xavfsizlikni ta'minlash boshqarmasiga 23 iyun kuni soat 20:05da IIV Transportda xavfsizlikni ta'minlash bosh boshqarmasi Yo‘lovchi poyezdlarini kuzatish bataloni navbatchisi Sh.Asomov telefon orqali, “S. Rahimov” temir yo‘l bekatining 3378-km 5-to‘siqda, mashinist M.Fayziraxmonov boshqaruvdagi “Buxoro-Toshkent” yo‘nalishidagi “Afrosiyob” tezyurar yo‘lovchi poyezdning elektrovoz oynasiga qattiq jism kelib tegishi natijasida darz ketganligi haqida xabar bergan.

IIV Transportda xavfsizlikni ta'minlash bosh boshqarmasi ma'lumotiga ko‘ra, voqea joyiga chiqilib, olib borilgan surishtiruv ishlari davomida, “S. Rahimov” temir yo‘l bekatining 3378-km 5-to‘siqda, Toshkent shahar, Sergeli tumani, “Choshtepa” mahallasi hududida, Toshkent metropoliten qurilish ishlari olib borilayotgan vaqtida, temir yo‘l izining ustida o‘tuvchi metropoliten mostiga beton nasosi orqali quyilgan beton mahsuloti qotmaganligi sababli, “Buxoro-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan “Afrosiyob” yo‘lovchi tezyurar poyezdi elektrovozining old oynasiga beton qorishmasi bo‘laklari tegib darz ketganligi ma'lum bo‘lgan.

Surishtiruvni Toshkent-Janubiy vokzalida transportda xavfsizlikni ta'minlash boshqarmasi olib bormoqda.

Mavzuga oid
Top