23:48 / 26.06.2020
2745
BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi Sardoba tumaniga 30 ming dollarlik gumanitar yordam yubordi

BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi Sardoba tumani hokimiyatiga Sirdaryo viloyatidagi to‘g‘onning buzilishi bilan yuzaga kelgan muammolarni yumshatish uchun insonparvarlik yordamini yubordi. Gumanitar yordam ֿ30 ming dollarlik shaxsiy gigiyena vositalari, uy-ro‘zg‘or buyumlari, antiseptiklar, bir marta ishlatiladigan niqoblar va qo‘lqoplar hamda boshqa zarur buyumlardan iborat.

«Sardoba aholisiga zarur yordam ko‘rsatadigan ushbu insonparvarlik yordamini topshirish men uchun katta quvonch. Ofat natijasida aholi yo‘qotgan buyumlariga qo‘shimcha ravishda, biz ularni COVID-19 tarqalishini to‘xtatish uchun shaxsiy himoya vositalari bilan ham ta'minladik. Ayni paytda uylaridan mahrum bo‘lgan o‘n minglab odamlar, hech kimni chetda qoldirmaydigan uzoq muddatli, xavfsiz va munosib yechimga muhtojlar», – deya BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Helena Freyzerning so‘zlarini keltirmoqda vakolatxona matbuot xizmati.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish idorasi BMT kotibiyatining bir qismi bo‘lib, favqulodda vaziyatlarda harakatlarni ta'minlash uchun gumanitar tashkilotlarni birlashtirish uchun javobgardir.

Top