12:28 / 26.06.2020
16810

«Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida»gi qonun loyihasi e'lon qilindi

Qonun fuqaro muhofazasi sohasidagi huquqiy asoslarni, fuqaro muhofazasining asosiy vazifalari va prinsiplarini, fuqaro muhofazasi davlat tizimi tuzilishi va faoliyatini tashkil etishni belgilaydi.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.

Qayd etilishicha, Qonun aholi va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan va harbiy mojarolar vaqtida yoki bu mojarolar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan muhofaza qilish sohasida huquqiy munosabatlarni tartibga soladi.

Fuqaro muhofazasining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

insonparvarlik va bag‘rikenglik;

inson hayoti va sog‘ligini saqlab qolish va atrof muhitga yetkaziladigan zararlar hajmini kamaytirish;

favqulodda vaziyatlar xavfini va uning aholiga keltiradigan zararini minimalllashtirish;

fuqaro muhofazasi bo‘yicha oldindan choralar ko‘rish;

aholining hayot xavfsizligini ta'minlash;

favqulodda vaziyatlarning shikastlovchi omillarini neytrallash choralarining mutanosibligi va tezkorligi;

ilmiy asoslanganlik;

o‘tkaziladigan tadbirlarning moliyaviy-iqtisodiy maqsadga muvofiqligi va yetarliligi;

oshkoralik, axborotning o‘z vaqtida berilishi va ishonchli bo‘lishi;

favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda va qutqaruv ishlarini tashkillashtirishda yakkaboshchilik qilish.

 Fuqaro muhofazasi vazifalari quyidagilardan iborat:

Fuqaro muhofazasini ta'minlash bo‘yicha huquqiy va iqtisodiy me'yorlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

respublika hududida ehtimoli mavjud favqulodda vaziyatlar va xavflarni prognozlash, oqibatlarini iqtisodiy-ijtimoiy baholash;

favqulodda vaziyatlarning oldini olish, insonlar xavfsizligini ta'minlash, ishlab chiqarish va texnologiyalardagi xavflarni kamaytirish, iqtisodiyot tarmoqlari faoliyati barqarorligini oshirish;

aholi va hududlarning muhandislik, radiatsion, kimyoviy, tibbiy-biologik muhofazasi va yong‘in xavfsizligini ta'minlash;

aholini favqulodda vaziyatlardan va xavflardan muhofazalanish usullariga o‘qitish;

favqulodda vaziyatlar va xavflarni oldini olish va bartaraf etishga mo‘ljallangan boshqaruv organlarini, kuch va vositalarni tayyorlash;

fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish tadbirlarini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan moliyaviy va moddiy resurslar zaxirasini yaratish, to‘ldirib borish, saqlash va yangilab turish;

boshqaruv, aloqa va xabar tizimini doimiy shay holatda saqlash va rivojlantirib borishni tashkillashtirish;

iqtisodiyot obektlari faoliyati barqarorligini ta'minlash tadbirlari majmuasini amalga oshirish;

aholini, moddiy va madaniy boyliklarni xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish;

favqulodda vaziyatlar va xavflarni bartaraf etish;

fuqaro muhofazasi xizmati va tuzilmalari shayligini ta'minlash;

aholini umumiy va yakka muhofazalanish vositalari bilan ta'minlash tadbirlarini o‘tkazish;

favqulodda vaziyatlar va xavflar yuzaga kelganda aholining hayot faoliyatini ta'minlash;

Fuqaro muhofazasi sohasidagi axborotni yig‘ish, qayta ishlash, almashish va uzatish;

radiatsion, kimyoviy va biologik vaziyat ustidan kuzatish va laboratoriya nazoratini olib borish;

qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish;

favqulodda vaziyatlar va xavflar oqibatida talafot ko‘rgan hududlarda jamoat tartibini saqlash;

Fuqaro muhofazasi sohasida davlatlararo hamkorlik qilish;

Fuqaro muhofazasi sohasida boshqa tadbirlarni amalga oshirish.

O‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasiga umumiy rahbarlikni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri mamlakat fuqaro muhofazasining boshlig‘idir.

Top