19:46 / 26.06.2020
1913
Hindiston xalqaro aviaqatnovlarga qo‘yilgan taqiqni uzaytirdi

Avvalroq Indian Railways kompaniyasi koronavirusga chalinish holatlari o‘sganligi sababli barcha yo‘lovchi tashuvlari 12 avgustgacha to‘xtatilishini xabar qilgandi.  

Hindiston fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi xalqaro aviaparvozlarga qo‘yilgan taqiq muddatini 15 iyulgacha uzaytirdi.

"2020 yil 30 mayda chiqarilgan sirkulyarning amal qilish muddatini davom ettirgan holda xalqaro tijorat yo‘lovchi parvozlarini tiklash rejasi 2020 yil 15 iyulgacha to‘xtatildi", - deb xabar berdi boshqarma.

Qayd etilishicha, Hindistondagi ayrim ichki yo‘nalishlarda muntazam reyslar yo‘lga qo‘yilishiga ruxsat berilishi mumkin.

Hindistonda xalqaro va ichki aviaqatnovlar koronavirus pandemiyasi sababli joriy etilgan izolyatsiya rejimi munosabati bilan may oyida to‘xtatilgandi.  

Avvalroq Indian Railways kompaniyasi koronavirusga chalinish holatlari o‘sganligi sababli barcha yo‘lovchi tashuvlari 12 avgustgacha to‘xtatilishini xabar qilgandi.  

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Hindistonda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq holatlar soni 490 mingdan oshgan, 15 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top