08:11 / 26.06.2020
14116
Kamyob qimmatbaho tosh 30dan ko‘proq farzandga ega erkakni millionerga aylantirdi

Tanzaniyada 30 dan ko‘proq farzandga ega erkak dunyodagi eng kamyob toshlardan biri – tanzanitning katta bo‘laklarini topib, uni davlatga mo‘maygina pulga sotdi va buning ortida millionerga aylandi.

Tanzaniyalik konchi ushbu qimmatbaho toshning avval topilganlari ichida eng yirik ikkitasini topgan. Bu haqda VVS telekanali xabar berdi.  

Topilmalar 3,4 mln dollarga baholangan. Toshlarni konchidan davlat sotib olgan.

Ta'kidlanishicha, tanzanit Tanzaniyaning faqat bir provinsiyasidagina qazib olinadi. Ushbu toshlar sayyoramizda eng kamyob toshlardan biri hisoblanadi. Ularning zaxirasi 20 yildan keyin to‘liq tugashi mumkin.

Top