20:00 / 26.06.2020
10461
LG InstaView flagman muzlatgichlari global savdosi bir millionga yetdi

Mijozlarga yo‘naltirilgan innovatsiya jahon muzlatgichlari bozorida texnologik ildamlik va yetakchi o‘rinni qayd etmoqda.

LG Electronics (LG) kompaniyasining LG InstaView Door-in-Door™ premium muzlatgichlari 2016 yil ishlab chiqarilgan muddatdan boshlab dunyo bo‘ylab bir million dona sotuvni qayd etgan holda muhim bosqichni bosib o‘tdi. Har kuni o‘rtacha hisobda 700 donadan ortiq xarid qilinuvchi ushbu yuqori sig‘imga ega ko‘p eshikli muzlatgich hozirda oltita qit'aning 150 mamlakatida mavjud.

LG'ning LG InstaView Door-in-Door™ premium muzlatgichi shakl va funksionallik o‘rtasida mukammal muvozanatni ta'minlagan holda oshxonada yuqori turmush tarzini olib borish uchun mo‘ljallangan. U o‘zining Red Dot Design Award va iF design Award kabi dizayn sohasidagi eng nufuzli xalqaro mukofotlar tomonidan tan olingan minimallik estetikasi hamda foydali xususiyatlari bilan chinakamiga faxrlana oladi. 

«Bu muhim ko‘rsatkich  bizni maishiy texnikaning ko‘plab kategoriyalarida birinchi o‘ringa olib chiquvchi  LG'ning  differensiyalangan, yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish kabi xususiyatlaridan dalolat beradi», - dedi LG Electronics Home Appliance & Air Solution Company prezidenti Den Son (Dan Song). «Zamonaviy maishiy texnika kompyuter yoki smartfondan kam bo‘lmagan holda yangi texnologiyalar bilan jihozlangan va bizning mijozlar unga juda katta umidlar bildirishmoqda. Bizning mijozga yo‘naltirilgan ilg‘or texnologiyalar va yondoshuv iste'molchilarda InstaView texnikasini shu kunga qadar eng ko‘p sotiluvchi muzlatgich brendiga aylantirgan munosabatni yarata oldi».

LG InstaView oynani ikki marta taqillatish orqali shaffof bo‘luvchi eshik yonidagi muzlatgichning old paneli tufayli mashhurlik qozondi. Bu esa iste'molchilarga eshikni ochmagan va sovuq havo chiqib ketishi holatini kamaytirgan holda muzlatgich ichida nima borligini ko‘rish imkonini beradi. InstaView qatorida Door-in-Door™ texnologiyasi sevimli muzlatgichlar va gazaklarni osongina olishni ta'minlaydi, shu bilan birgalikda sovutgichning asosiy bo‘limidagi havoni xona haroratiga ta'sirini minimallashtirgan holda sovuq havo chiqib ketishi xavfini 41 foizga kamaytirishga yordam beradi.

LG'ning foydali innovatsiyalar orqali o‘z muzlatgichlari qadr-qimmatiini oshirishga bo‘lgan tuganmas intilishlari yanada samarali va yoqimli oshxona turmush tarzini yaratishga mo‘ljallangan yangi texnologiyalar ishlab chiqarishga sabab bo‘ldi.

LG Uzbekistan rasmiy sahifalarini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Facebook: fb.com/LGUzbekistan

Instagram: @LGUzbekistan

Telegram: t.me/lguzbekistan

Reklama huquqi asosida

Top