21:21 / 26.06.2020
4923

Lukashenko Belarus konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish zaruriyati haqida gapirdi

Aleksandr Lukashenko belaruslarga mamlakatdagi o‘zgarishlar madaniyatli tarzda amalga oshishiga va'da berdi.

Yaqin kelajakda Belarus konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. Bu haqda mamlakat prezidenti Aleksandr Lukashenko "Belaruskaliy" kompaniyasi mehnat jamoasi bilan uchrashuvda aytdi.

"Konstitutsiya – asosiy qonun. Uni ikki yil ichida tayyorlaymiz. Menga bir nechta varianti taklif qilingan, ammo ular bo‘lmaydi. Odamlar konstitutsiyaga keskin o‘zgartirishlar kiritishdan qo‘rqishadi. Men shunday qilish kerak deb o‘ylayman", dedi u.

Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, prezidentlik saylovi kampaniyasidagi raqibi Viktor Babariko taklif qilgan 1994 yildagi asosiy qonunga qaytish ortga qaytish demakdir.

Viktor Babariko 1994 yilgi konstitutsiyaga qaytish uchun referendum o‘tkazishni taklif qilgandi. Ushbu konstitutsiyaga ko‘ra, bir kishi ikki muddatdan ortiq prezident lavozimini egallay olmaydi, vakolatlari esa ancha cheklangandi. 

"Prezident, parlament, hukumat vakolatlari konstitutsiyada yozilgan bo‘lishi kerak. U referendumda qabul qilinadi, biz qaysi yo‘ldan borishimizni aniqlab olishimiz lozim", - dedi Lukashenko.

Lukashenko belaruslarga mamlakatdagi o‘zgarishlar madaniyatli tarzda amalga oshishiga va'da berdi.

"Men mamlakatni sindirmayman, xususiylashtirmayman, odamlarni egmayman. Eng og‘ir narsa, odamlarning keraksiz o‘zgarishlar davrida yashashi. O‘zgarishlar bo‘ladi, ular konstitutsiyadan boshlab madaniyatli tarzda bo‘lishi kerak", - dedi u.

Belarusda 9 avgustda prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tadi. Respublikada nomzodlarni ilgari surish bo‘yicha imzo to‘plash yakuniga yetdi va yetti nafar nomzod yetarli imzo to‘pladi. 

Mavzu
Belarus-2020
2020 yilning 9 avgustida Belarusda prezidentlik saylovlari o‘tkaziladi. 26 yildan buyon mamlakatni boshqarayotgan Lukashenko bu safar ham nomzodini qo‘ygan.
Barchasi
Mavzuga oid
Top