21:35 / 26.06.2020
3772

Milliy mass-media fondi faxriy jurnalistlarga moddiy ko‘mak ko‘rsatdi

Fond tomonidan faxriy jurnalistlarga 1 million so‘mdan moddiy yordam ko‘rsatildi.

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni arafasida faxriy jurnalistlarga moddiy ko‘mak ko‘rsatish boshlangani haqida xabar berdi.

«Koronavirus infeksiyasining tarqalishi va karantin choralarining kuchayishi davrida Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi «Xavfsiz yordam» loyihasi doirasida faxriy jurnalistlarga ko‘mak berishning birinchi bosqichini amalga oshirgan va ularni oziq-ovqat paketlari bilan ta'minlagan edi.

Avval va'da qilinganidek, 27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni arafasida loyihaning ikkinchi bosqichiga start berildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj hamkasblarimizga hisobida 1 million so‘mlik mablag‘ mavjud bo‘lgan  plastik kartalar navbati bilan tarqatilmoqda.

Umid qilamizki, mazkur choralar hozirgi mushkul vaziyatda oz bo‘lsada ko‘mak va yordam bo‘la oladi», deyiladi fond matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning aprel oyida fond tomonidan ro‘yxatdagilarga ikki bosqichda jami 150 million so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatilishi xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top