08:14 / 26.06.2020
11480

Namanganda ro‘y bergan YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

2020 yilning 23 iyun kuni soat 12:05da Namangan viloyati Pop tumani hududidan o‘tuvchi “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining 247-kilometrida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, haydovchi, 30 yoshli T.T. boshqaruvida bo‘lgan Damas rusumli avtomashinasini harakat xavfsizligini ta'minlay olmasdan, o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan fuqaro I.I.ning boshqaruvida bo‘lgan, MChJga tegishli “SAMS” rusumli yuk avtomashinasini orqa qismiga urilib yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.

Natijada, Damas haydovchisi T.T. va avtomashina salonida bo‘lgan yo‘lovchi 21 yoshli X.M. hodisa joyida vafot etgan, orqa o‘rindig‘ida bo‘lgan yo‘lovchi 51 yoshli X.Q. (ayol). esa olgan tan jarohati bilan Pop tuman markaziy shifoxonasiga murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yo‘l harakati qoidalarining 73-bandiga asosan, haydovchi o‘zidan oldinda harakatlanayotgan transport vositasi keskin tormoz berganida to‘qnashib ketmaslik kafolatini beradigan darajadagi oraliq masofani, shuningdek yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlaydigan yonlama oraliq masofani saqlashi kerak.

“Hurmatli haydovchilar, transport vositasini hushyor va sergak holatda boshqarishingizni, amaldagi “Yo‘l harakati qoidalariga” qat'iy rioya qilishingizni so‘raymiz”, - deyiladi ma'lumotda.

Mavzuga oid
Top