16:34 / 26.06.2020
5801
O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalib chiqqanlar soni 4900dan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkentda yana 36 nafar bemor koronavirusdan forig‘ bo‘lgani va O‘zbekistonda shu vaqtgacha kasallikdan tuzalib chiqqanlar soni 4913 nafarga yetgani haqida xabar berdi.

Bugun Toshkentdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 7 nafar, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi klinikasida 9 nafar, 2-son Respublika klinik shifoxonasida 20 nafar, jami 36 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uyiga kuzatildi.

Ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida 4638 holatda  koronavirus infeksiyasi qayd etilib, endilikda ularning 2773 nafari sog‘aydi. 

Shu tariqa, hozirgi soatgacha mamlakat bo‘ylab sog‘ayganlar soni 4913 nafarni tashkil etmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top