23:40 / 26.06.2020
20329
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 7400dan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 107 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi

«2020 yil 26 iyun soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 7427 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 88 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 13 nafari Toshkent viloyatida (shundan 9 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari aholi orasida), 6 nafar Toshkent shahrida (shundan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari aholi orasida) aniqlangan», deyiladi xabarda.

Bugun 250ta yangi holat aniqlandi, shuningdek, 161 bemorga javob berilib, O‘zbekistonda shu vaqtgacha kasallikdan tuzalganlar soni 5038 nafarga yetdi.

Ayni vaqtda shifoxonalarda 2369 bemor davolanmoqda, ulardan 18 nafari og‘ir, 8 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top