11:56 / 26.06.2020
2676

O‘zbekistonda xususiy multiplikatsiya studiyalarini rivojlantirish taklif qilindi

O‘zbekistonda multiplikatsiya sohasini rivojlantirish haqida taklif berildi.

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida O‘zbekistonda multiplikatsiya sohasini rivojlantirish haqida petitsiya e'lon qilindi.

“Multiplikatsiya bo‘yicha rivojlangan davlatlardan juda orqada qolganimiz hech kimga sir emas. Chet el multfilmlarini nafaqat bolajonlar, balki kattalar ham sevib tomosha qilishadi. Ulardagi jonzotlarning real hayotdagidek jonlantirib ko‘rsatishganda esa multfilmni yaratishda ulkan mehnat sarflangani namoyon bo‘ladi. O‘zbek xalq ertaklari, afsonalaridagi qahramonlar va ulug‘ ajdodlarimizning qilgan ezgu ishlarini multfilmlar yordamida bolalarimizga namoyish etsak maqsadga muvofiq bo‘lar edi”, - deb yozadi murojaat muallifi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, multiplikatsiya studiyalarini kengaytirish, sohadagi raqobatni oshirish, rivojlangan mamlakatlarning tajribasi hamda texnikalarini qo‘llash maqsadida davlat tomonidan xususiy multiplikatsiya studiyalarini rivojlantirish taklif qilingan.

Top