15:06 / 26.06.2020
6980
"Ta'lim va Kasb-2020" onlayn ko‘rgazmasida orzungizdagi universitetni tanlang va hujjatlarni uyingizdan chiqmasdan topshiring!

"Ta'lim va Kasb-2020" - ko‘rgazma tadbirlarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan onlayn platformada tashkil etilgan birinchi ta'lim ko‘rgazmasi.

Ko‘rgazmada Rossiya, Germaniya, Avstriya, Malayziya, Belorusiya, Birlashgan Arab Amirliklari va Turkiyaning oliy o‘quv yurtlari ishtirok etadi.

Bitiruvchilar, abituriyentlar va barcha xohlovchilar uchun universitetlar va 2020-2021 yillarda qabul jarayoni haqida ma'lumot olish imkoniyati taqdim etilgan.

Ishtirokchilar barcha savollarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta'lim muassasalari vakillariga berishlari, pandemiya davrida o‘qish imkoniyatlari bo‘yicha maslahat olishlari, shuningdek uydan chiqmasdan hujjatlarni onlayn tarzda topshirishlari mumkin.

Platformaning noyobligi shundaki, u ishtirokchiga ta'lim muassasasining vakili bilan to‘g‘ridan-to‘ri muloqot qilish uchun barcha imkoniyatlarni yaratadi. Onlayn ko‘rgazma davomida ishtirokchi universitetlarning vakillari oflayn tadbirda bo‘lgani kabi har bir stendda faoliyat olib boradilar. Ular aloqa uchun video konferensiya, individual vizual aloqa, qo‘ng‘iroq yoki matnli suhbat kabi eng qulay imkoniyatlardan foydalanadilar. Muloqot qilish What’s app yoki Zoom dasturidan foydalanish kabi oson.

"Ta'lim va Kasb-2020" onlayn ko‘rgazmasiga tashrif buyuruvchilar pandemiya davrida o‘qish shartlari, har xil o‘quv dasturlari, ta'lim shakllari, shuningdek budjet yoki kontrakt asosida universitetga kirish imkoniyatlari haqida batafsil ma'lumot olishlari mumkin.

Agar siz bir yil yo‘qotishdan xavotirlanayotgan bo‘lsangiz, unda "Ta'lim va Kasb-2020" ko‘rgazmasida ishtirok eting va o‘qishga kirish to‘g‘risida batafsil ma'lumotlarga ega bo‘ling, hujjatlarni shu yerning o‘zida topshiring va universitet talabasiga aylaning.

Germaniyadagi ta'lim olishni xohlaysizmi? Study in Germany deb nomlangan Germaniya Federativ Respublikasi elchixonasining stendiga tashrif buyuring, u yerda siz ushbu mamlakatda o‘qish haqida to‘liq ma'lumotga ega bo‘lasiz.

IELTS imtihonini topshirishingiz kerak va imtihon haqida batafsil ma'lumotga ega bo‘lishni xohlaysizmi? Britaniya Kengashining stendida siz imtihon va IELTSning elektron analogi haqida o‘zingizni qiziqtirgan savollarni berishingiz mumkin, shuningdek imtihonga shu yerning o‘zida ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatiga egasiz.

Shuningdek, ko‘rgazma doirasida "My Fair" kompaniyasi va "Rossiya eksport markazi" AJ(ko‘rgazmaning axborot hamkori) tomonidan amalga oshirilayotgan "O‘zbekistonning ta'lim muassasalari uchun Rossiyada ishlab chiqarilgan yangi texnologiyalar va jihozlar" nomli loyihaning taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Ushbu loyiha Rossiya kompaniyalarining ixtisoslashgan onlayn-biznes missiyasi bo‘lib, ta'lim jarayonida eng zamonaviy texnologiyalar va samarali innovatsion usullardan foydalanishni xohlovchi ta'lim muassasalari(universitetlar, kollejlar, maktablar, litseylar va o‘quv markazlari) rahbarlari uchun qiziqarli bo‘ladi. Loyiha uchun alohida stend ajratilgan, unda barcha xohlovchilar loyiha haqida batafsil ma'lumotga ega bo‘lishlari va o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin.

Onlayn platforma kompyuter, noutbuk, planshet, smartfon kabi barcha qurilmalarda birdek yaxshi ishlaydi.Hech narsani yuklab olish yoki o‘rnatishga hojat yo‘q. Onlayn ko‘rgazmada ko‘pchilik uchun qulay bo‘lgan interfeys va funksionaldan foydalaniladi. Ko‘rgazmada ishtirok etish uchun faqatgina internetga ulangan qurilma talab etiladi!

Ko‘rgazma quyidagi hamkorlar bilan birgalikda o‘tkazilmoqda:

- Erazmus+ va Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasidagi delegatsiyasi;

- “Glavekspersentr” FDBT;

- Britaniya Kengashining O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi;

- «Rossotrudnichestvo»ning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi;

- "Rossiya eksport markazi"ning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi;

- Tatariston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi.

- Toshkent shahar Xalq ta'limi boshqarmasi.

- "International House" AL

Ko‘rgazmatashkilotchilari: «MY FAIR», «EVA CONSULTING», «MY EXPO», «ROSOBRAZOVANIYe» NTM

Ko‘rgazmaga tashrif buyuring!

"Ta'lim va Kasb - 2020" onlayn ko‘rgazmasi  26-28 iyun kunlari soat 12:00 dan 20:00 gacha: www.myfair.evens/uzb veb-saytida bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazmaga tashrif buyurish bepul.

Telefonlar: (+998) 78-140-55-65(+998) 90-972-55-45(+998) 90-972-55-25
Sayt: myfair.evens

Facebook: fb.com/Rosobrazovanie.uz

fb.com/mystudy.uz

Instagram: instagram.com/education_voyage

instagram.com/Rosobrazovanie.uz

Telegram:  t.me/rosobrazovanie

t.me/educationvoyage

Tashrif buyurishga va do‘stlaringizni taklif etishga shoshiling!

Ishtirokchilar ro‘yxati va taqdimotlar jadvali bilan biriktirilgan fayllar orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

“TA'LIM VA KASB-2020” I-XALQARO ONLAYN KO‘RGAZMASINING TAQDIMOTLAR JADVALI

Reklama huquqi asosida

Top