17:02 / 26.06.2020
40142

Toshkent va Buxoroda aholi orasida yangi holatlar aniqlandi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 92 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi

«2020 yil 26 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 7320 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 70 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 20 nafari Toshkent shahrida (shundan 16 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari aholi orasida), 2 nafari Buxoro viloyatida (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida) qayd etilgan», deyiladi xabarda.

Bugun hozircha 143ta yangi holat aniqlandi, shuningdek, 36 bemorga javob berilib, O‘zbekistonda shu vaqtgacha kasallikdan tuzalganlar soni 4913 nafarga yetdi.

Ayni vaqtda shifoxonalarda 2387 bemor davolanmoqda, ulardan 19 nafari og‘ir, 7 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top