11:57 / 26.06.2020
8155
Yo‘lda ketayotgan avtomashinani to‘xtatib, talonchilik qilgan shaxslar ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 166-moddasi 2-qismi “b,v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Foto: Tergov departamenti

2020 yilning 23 iyun kuni soat 23:45da 22 yoshli S.A. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashinasida Farg‘ona viloyati “Qo‘qon-Buvayda” avtomobil yo‘li bo‘ylab harakatlanib ketayotgan bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u Uchko‘prik tumani Kaltatoy qishlog‘i hududiga yetib kelgan vaqtida, noma'lum shaxslar kul rangli Nexia-1 rusumli avtomashina bilan to‘xtatib, avtomashinasi salonida bo‘lgan 36.700.000 so‘m pullarini hamda bahosi 1.600.000 so‘mlik Redmi-7 rusumli uyali aloqa vositasini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringanlar.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida mazkur jinoyatni 32 yoshli M.A., 24 yoshli  J.J., 21 yoshli J.Yu. va M.U. (ayol) sodir etganliklari aniqlanib, J.J.dan “Redmi-7” rusumli uyali aloqa vositasi ashyoviy dalil tariqasida olingan.
              
Mazkur holat yuzasidan Uchko‘prik tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 166-moddasi 2-qismi “b,v” bandlari (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Jinoyatni sodir etgan barcha shaxslar gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top