18:58 / 27.06.2020
5618
Afg‘oniston hukumati 3,9 mingga yaqin tolibni ozodlikka chiqardi

"Tolibon" harakatining Qatardagi siyosiy ofisi vakili Suhayl Shahinning ma'lum qilishicha, toliblar Afg‘oniston xavfsizlik kuchlarining 34 vakilini ozod qilgan. 

Foto: AP Photo / File

Afg‘oniston hukumati "Tolibon" harakatining 3,9 mingga yaqin a'zosini ozodlikka chiqardi. Bu haqda mamlakat prezidenti vakili Sodiq Sodiqiyga asoslanib Tolo News telekanali xabar berdi.

Vakilning so‘zlariga ko‘ra, hukumat 3895 nafar tolibni ozodlikka chiqargan. 

Oradan bir oz vaqt o‘tgach, "Tolibon" harakatining Qatardagi siyosiy ofisi vakili Suhayl Shahin Twitter akkauntida toliblar Afg‘oniston xavfsizlik kuchlarining yana 34 vakilini ozod qilganini yozdi.

Avvalroq Afg‘oniston milliy xavfsizlik kengashi vakili Jovid Faysal hukumat "Tolibon"ning hibsdagi uch mingga yaqin a'zosini ozod qilganini aytgandi. Toliblar o‘z navbatida, Afg‘oniston hukumatidan besh ming mahbusni ozodlikka chiqarishni talab qilmoqda.

Top