11:35 / 27.06.2020
4631

Barcha idora va tashkilotlarning respublika bo‘yicha yagona ma'lumotlar bazasi yaratilishi mumkin

Barcha idora va tashkilotlarning respublika bo‘yicha yagona ma'lumotlar bazasini yaratish taklifi berildi.

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida barcha idora va tashkilotlarning respublika bo‘yicha yagona ma'lumotlar bazasi yoki telegram botini yaratish haqida petitsiya e'lon qilindi.

Qayd etilishicha, hozirgi kunda barcha tashkilotlarning xam rasmiy sayti mavjud emas, mavjudlari ham o‘z saytlarini yangilab borishmaydi. 

“Ularning aksariyatida bog‘lanish mumkin bo‘lgan telefon raqamlari ishlamaydi, elektron pochta manziliga yuborilgan murojaatingiz uzoq vaqt o‘rganilmay qolib ketadi. Bu esa, hozirgi kunda eng dolzarb bo‘lib turgan “masofadan (uydan) turib murojaat yo‘llash” yoki xizmatlardan foydalanish imkoniyatini cheklamoqda”, - deb yozadi petitsiya muallifi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, barcha idora va tashkilotlar to‘g‘risidagi ishonchli ma'lumotlar (bog‘lanish mumkin bo‘lgan telefon raqamlari, yuridik manzili, elektron pochtasi (E-mail) va hokazolarni) mavjud bo‘lgan respublika bo‘yicha yagona ma'lumotlar bazasi yoki telegram botini yaratish taklif qilinmoqda.

Top