00:01 / 27.06.2020
22741

Koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqishda yetakchilik qilayotgan kompaniyalar nomi ma'lum qilindi

Dunyo bo‘yicha jami 200ga yaqin vaksina sinab ko‘rilmoqda, ulardan 15tasi odamlarda sinab ko‘rish bosqichida.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqishda yetakchilik qilayotgan kompaniyalar haqida ma'lumot berdi. 

JSSTning bosh tadqiqotchisi Sumiya Svaminatanning so‘zlariga ko‘ra, AstraZeneca Angliya-Shvetsiya kompaniyasi va AQShning Moderna kompaniyasi vaksinalari COVID-19ga qarshi nomzod 15 vaksina orasida yetakchilik qilmoqda. Ular ishlab chiqargan dorilar yaqin vaqt ichida klinik tadqiqotlarning ikkinchi va uchinchi bosqichiga o‘tadi.

«Tez orada odamlarda sinab ko‘rilishi natijalariga guvoh bo‘lishimiz mumkin», — dedi Svaminatan AstraZeneca vaksinasi haqida gapirarkan. 

Uning qayd etishicha, Moderna kompaniyasining vaksinasi tez kunda sinovning ikkinchi bosqichiga o‘tadi.  

Dunyo bo‘yicha jami 200ga yaqin vaksina sinab ko‘rilmoqda, ulardan 15tasi odamlarda sinab ko‘rish bosqichida.

26 iyun holatiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirus yuqtirish holatlari 9,8 millionga yetgan. Kasallik yuqtirganlar soni bo‘yicha AQSh, Braziliya, Rossiya, Hindiston va Buyuk Britaniya eng yuqori o‘rinlarda.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top