22:17 / 28.06.2020
5049
Bugun 89 kishi sog‘aydi. Jami tuzalganlar soni 5300dan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi kun davomida Toshkent va Qashqadaryodagi tibbiyot muassasalarida yana 81 bemor koronavirusdan tuzalib chiqqani haqida xabar berdi.

«Shu soatlarda poytaxtimizdagi Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 62 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 5 nafar, Qashqadaryo viloyatida 14 nafar, jami 81 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uyiga  kuzatildi», deyiladi xabarda.

Shunday qilib, ayni paytgacha Toshkent shahri va Toshkent viloyatida kasallikdan sog‘ayganlar soni 3119 nafarga yetdi. 

Qashqadaryo viloyatida esa koronavirus infeksiyasidan forig‘ bo‘lganlar soni 56 nafarni tashkil qilmoqda.

Bundan avvalroq Toshkentda 8 kishi tuzalib chiqqani xabar qilingandi.

Endilikda O‘zbekiston bo‘ylab sog‘ayganlar soni 5329 nafarni tashkil etmoqda.

Ayni vaqtda shifoxonalarda 2463 nafar bemor davolanmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top