11:00 / 28.06.2020
7028
Onless.uz - Avtomaktablarda onlayn darslar tashkil etish uchun munosib tanlov

Onless.uz onlayn avtomaktab platformasiga kelib tushgan arizalardan bittasining mazmuni quyidagicha:

«Men avtomaktabda o‘qiyman, bizning avtomaktabda darslar videokonferensiya dasturlari orqali o‘tiladi. Ammo bu tizim trafikni yeb tashlayapti. O‘qituvchimga buni tushuntirdim. Ammo tushunishni xohlamayapti. Oxiri xo‘jayinim ishxonalaridagi kompyuterdan mening nomimdan darsga ulanib, o‘z ishlarini qiladigan bo‘ldilar. Davomat muammosini shunday hal etdim, ammo men ta'lim ololmayapman. Ertaga yo‘lga chiqqanda qoidani bilmaganim sabab, DAN xodimi jarima qilsa nima qilaman? Menga qandaydir yordam qila olasizlarmi?»

Mana shunday muammolar bilan ko‘pchilik bizning tizimda ta'lim olish niyatini bildirishmoqda. 

Onless.uz avtomaktablar uchun taqdim etilgan onlayn ta'lim platformasi bo‘lib, tizimni yaratishda asosiy e'tibor ta'lim sifatini oshirishga va o‘quvchilarni nazariy darslarga yanada qiziqtirishga qaratilgan.  

Onlayn ta'lim - o‘z ishidan ajralmagan holda ishxonadan,uydan va boshqa joylardan ta'lim olishga qaratilgan. Tizim quyidagi afzalliklarga ega:

- O‘quvchilarning darslarni o‘zlashtirish jarayonidagi doimiy nazorat;

- O‘qituvchi tomonidan o‘quvchini doimiy kuzatuv;

- Ta'lim sifatiga oid umumiy hisobotlarning shakllanishi;

- Berilgan topshiriqlarni bajarish jarayonini onlayn kuzatib borish;

- Istalgan qurilmadan, istalgan joydan va istalgan vaqtda foydalana olish.

Mana shu afzalliklardan ham ko‘rib turgan bo‘lsangiz kerak, o‘quvchiga effektiv ta'lim onlayn ta'limdir!

Tizim sizga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

  • Dastur o‘quvchining qaysi videodarsni ko‘rgan yoki ko‘rmaganligini va ko‘rgan bo‘lsa, qaysi vaqtda ko‘rganini aniqlab boradi. 
O‘quvchilar qaysi darsni qachon ko‘rganligi aniq ko‘rinib turadi
  • Tizim o‘quvchiga videodarslarni ko‘rib bo‘lganidan so‘ng, 700talik shablon ichidan mavzuga oid testlarni taqdim etadi. 

  • Yechilgan testlar natijalarini avtomaktab rahbariyati doimiy kuzatib boradi

Onless.uz ta'lim platformasi taqdim etilganiga 15 kun bo‘lishiga qaramay, tizim allaqachon Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Qashqadaryo viloyati, Buxoro viloyati va Andijon viloyatidan 40ga yaqin avtomaktablarni qamrab oldi. Qolgan hududlardan ham 50ga yaqin avtomaktablar tizimga nisbatan qiziqish bildirmoqda. 

Qisqa qilib aytganda, tizim judayam qulay, oson va ta'lim uchun effektiv qilib ishlab chiqilgan. 

SIZ HAM ONLAYN O‘QIMOQChIMISIZ?

Unda http://onless.uz/qabul manziliga kiring va ma'lumotlarni to‘ldiring. Sizga yaqin hududdagi avtomaktabga ma'lumotlaringiz yetkaziladi. Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilganidan so‘ng (3-4 kun ichida) siz nazariy darslarni Onless.uz’da, amaliy darslarni o‘zingizga yaqin avtomaktabda amalga oshirasiz.

O‘z avtomaktabingizni 30 daqiqa ichida tizimga a'zo qilishingiz mumkin Markazlashgan onlayn platformamiz sizga doimiy xizmat ko‘rsatishga tayyor.

Onless.uz  - "O‘z vaqtingni, o‘zing sarfla!"

Batafsil ma'lumot va shartnoma masalasi uchun:

+998972800809 (Salohiddin)

+998919791999 (Sirojiddin)

+998906366264 (Salohiddin)

Telegram orqali xabar yozish uchun:

Telegram: t.me/biznes_menejer

Telegram: t.me/Sirojiddin_Yakubov

Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

Telegram: t.me/avtomaktab_online

Instagram: @onless_uz

Facebook: facebook.com/pg/onless.uz

Reklama huquqi asosida

Top