16:30 / 29.06.2020
60958

6ta tuman «yashil» hudud bo‘ldi, ularda masjidlar ochildi

Shu yil 29 iyundan boshlab, ushbu hududlarda joylashgan masjidlar namozxonlar uchun ochildi.

Foto: muslim.uz

Shu yil 26 iyun holatiga tuman va shaharlar epidemiologik toifalarining yangilangan ro‘yxati e'lon qilindi.

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani, Namangan viloyati Kosonsoy tumani, Surxondaryo viloyati Sariosiyo, Termiz, Angor va Uzun tumanlariga “yashil” hudud toifasi berildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasining karantin davrida masjidlar faoliyatini tashkil etish yuzasidan bayonotiga muvofiq, shu yil 29 iyundan boshlab, ushbu hududlarda joylashgan masjidlar namozxonlar uchun ochildi.

“Qizil” yoki “sariq” hududlardan “yashil” hududlar qatoriga o‘tish va masjidlar o‘z faoliyatini qayta boshlashida – har bir insonning hissasi katta bo‘ladi, karantin mezonlariga amal qilish ayni matlub va shariatda buyurilgan ishdir, deyiladi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati xabarida. 

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top