17:53 / 29.06.2020
40414
Amerika kompaniyasi Covid-19’ga qarshi dori narxini ma'lum qildi

Amerikaning Gilead biofarmatsevtika kompaniyasi COVID-19ga qarshi vosita sifatida sinalayotgan remdesivir  dorisining rivojlangan mamlakatlardagi narxini bir ampulasi uchun 390 dollar etib belgiladi. Bu haqda kompaniya saytida ma'lum qilindi.

Foto: Getty Images

Virusga qarshi remdesivir preparati AQShda 1 may kuni ma'qullangandi. U Ebola bezgagiga qarshi kurash doirasida ishlab chiqilgan, ammo o‘shanda uning samaraliligi isbotlanmagandi. Keyinroq dori SARS va MERS’ga qarshi samarali qo‘llanildi. Dori vositasi Gilead Sciences biofarmatsevtika kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi.

Kompaniya xabarida aytilishicha, allergologiya va yuqumli kasalliklar milliy instituti tadqiqotlari remdesivir bemorning tuzalish davrini to‘rt kungacha qisqartirishini ko‘rsatgan.

Qayd etilishicha, COVID-19ga chalingan bemorlar olti dona ampuladan foydalangan holda 5 kunlik davolash kursini o‘tashi kerak bo‘ladi. Bu 2340 dollarga tushadi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top