16:31 / 29.06.2020
47904

«Ma'muriy qamoq kor qilmayapti» - Toshkent IIBB boshlig‘i o‘rinbosari fohishalikka qarshi kurash haqida

Toshkentda fohishalikka qarshi kurash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar ta'sirchan emas, deb ma'lum qildi shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, polkovnik Mahkam Vafoyev.

Foto: Oliy Majlis Senati Axborot xizmati

Toshkent shahrida huquqbuzarliklarning oldini olish masalasiga bag‘ishlab senatorlar va deputatlar ishtirokida o‘tgan majlisda so‘z olgan Mahkam Vafoyev poytaxtda fohishalarning faoliyatini tugatish bilan bog‘liq muammolarni gapirib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

«Har kuni fohishalarga qarshi tadbir o‘tkazamiz. Bir kunda 50ga yaqin fohishani yig‘ib olib kelamiz. Olib kelgach, 3 soat ushlab turishimiz kerak, lekin keyin qayoqqa olib boramiz? Sudgami? Sudda shantaj, inson huquqlarini pesh qilishadi. Jarima solsak, pulini to‘lab, chiqib ketaveradi.

Shahar militsiya bo‘limiga olib borib, 3 soat ushlab turgandan keyin nima qila olasan, deb shantaj qiladi. Kamiga videoga olib, internetga ham chiqarib yuboradi. Ma'muriy qamoqqa olish chorasi belgilandi. Lekin qamoqdan chiqqandan keyin ham yana o‘sha ishini boshlaydi.

Bunday faoliyat bilan shug‘ullanayotganlarning muhokamasini mahallada ham o‘tkazamiz, lekin foydasi yo‘q. Ularning aksariyati boshqa hududlardan kelgani uchun mahallasida hech kim tanimaydi», dedi poytaxt IIBB boshlig‘i o‘rinbosari.

Foto: Oliy Majlis Senati Axborot xizmati
Top