20:07 / 29.06.2020
8082
Texnomart yangi formatda – endi bozor narxida va qulay sharoitlarda xarid qilish mumkin

27 iyun kuni Toshkent savdo markazida Texnomart tarmog‘i do‘koni yangicha qiyofa va uslubda o‘z ishini boshladi. Bu yerda siz uy, ofisda va boshqa maqsadlarda ishdatiladigan texnika turlarini bozor narxida sotib olishingiz mumkin. Shuningdek, 1 yil davomida bo‘lib to‘lash imkoniyati ham mavjud.

Nima uchun aynan Texnomart?

Texnomart marketing boshqaruvchisi Otabek Sharapov  ushbu savolga batafsil javob berdi:

«Toshkent savdo markazi binosida ochilgan Texnomart do‘koni ilgari ham shu yerda faoliyatini yuritib kelgan. Hozir biz yangicha formatda mijozlarga xizmat ko‘rsatishni boshladik. Taklif etilayotgan texnika assortimentlari ko‘paytirildi. Eng muhimi, siz bu yerdan istalgan mahsulotni bozor narxida va undan ham arzonroq shaklda xarid qilishingiz mumkin. Odamlar nima uchun bozordan xarid qilishadi? Chunki u yerda narx arzon va tanlov imkoniyati keng. Texnomartning yangi do‘koni mijozlarga xuddi shunday qulayliklarni taklif etoladi. Ilgari Texnomart deganda barchaning ko‘z oldiga «muddatli to‘lov», «qimmat», degan tushunchalar kelardi. Endi bu tubdan o‘zgardi. Yangi do‘konda, aytib o‘tganimdek, mahsulot turlari ko‘paytirildi, xodimlar malakasi oshirildi. Barchasi bozordagidek, va yana ko‘plab qulayliklar mavjud. Do‘konga tashrif buyurgan har bir mijoz o‘zi xarid qilmoqchi bo‘lgan mahsuloti haqida xizmat ko‘rsatuvchi xodimdan to‘liq ma'lumot, foydali maslahat olishi mumkin».

Bo‘lib to‘lash

Mijozlar mahsulotlarni 1 yil ichida bo‘lib to‘lash evaziga ham xarid qilishlari mumkin. Bu jarayon ham soddalashtirildi. Hujjatlarni yig‘ish borasida ilgari mijozlarda qiyinchilik bo‘lardi. Endilikda Toshkent shahrida yashovchi fuqarolar faqat pasportlari orqali, Respublikaning boshqa hududlaridan tashrif buyuradigan mijozlar esa ish joyidan ma'lumotnoma (shuningdek, fuqarolik pasporti ham) orqali bo‘lib to‘lashni amalga oshirishlari mumkin. Hujjatlarni rasmiylashtirish uchun bor yo‘g‘i 10 daqiqa atrofida vaqt ketadi, xolos.

Texnomartning ushbu filialini yangicha formatda ishga tushishiga o‘z hissasini qo‘shgan IDNT riteyl dizayn agentligi rahbari Nikolay Chumak bu haqida o‘z fikrlarini bildirdi:

«IDNT kompaniyasi Texnomart savdo shaklini yangicha bosqichga olib chiqishda hamkor sifatida tanlandi. Ushbu yangi filialda mijozlar nafaqat uy texnika va elektronika jihozlarini topishlari mumkin, balki odamlarning kundalik ishini yengillashtiradigan boshqa muhim hayotiy buyumlarni ham topishingiz mumkin. Savdo zalida xizmatlar hududi va «aqlli uy» mavjud. Mijozlar nafaqat o‘zlari qiziqqan mahsulotlarni xarid qilishlari, ularni ishlatib ko‘rishlari, balki sotuvga qo‘yilgan yangi texnikalar, ularning qulayligi haqida boxabar bo‘lishlari mumkin. Shuningdek, uyga kerakli buyumlar, idishlar va boshqa aksessuarlarni ham topishingiz mumkin. Umid qilamizki, Texnomartning yangi filialiga nafaqat xarid qilish istagida bo‘lganlar keladi, balki mijozlarimiz o‘z hayotini yanada qulayroq qilish uchun yangi hoya va tajribalarni olib ketishadi. Shuningdek, ularni faol va farovon hayotda yashashlariga ilhomlantiradi».

Do‘konimizga keling va barchasiga o‘zingiz guvoh bo‘ling.

Sayt: texnomart.uz

Telefon: 78 129 20 00

Reklama huquqi asosida

Top