23:00 / 30.06.2020
2396
AQSh Huawei va ZTE kompaniyalarini milliy xavfsizlikka tahdid deb e'lon qildi
Foto: Reuters

AQSh kommunikatsiyalar bo‘yicha federal komissiyasi (FCC) Xitoyning Huawei va  ZTE telekommunikatsiya kompaniyalarini milliy xavfsizlikka tahdid deb rasman e'lon qildi.

"FCC jamoat va ichki xavfsizlik byurosi Huawei Technologies Company (Huawei) va ZTE Corporation (ZTE) kompaniyalari hamda ularning sho‘'ba kompaniyalari va bo‘linmalari FCC 2019 yil noyabrda milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi kompaniyalar qurilmalari yoki xizmatlaridan foydalanishga qo‘ygan taqiq ostiga tushishini ma'lum qildi", - deyiladi komissiya bayonotida.

Qayd etilishicha, endilikda FCC umumiy xizmatlar fondidagi 8,3 milliard dollardan ushbu kompaniyalar taqdim etgan yoki ishlab chiqargan har qanday qurilma va xizmatlarni sotib olish uchun foydalanish mumkin emas.

FCC rahbari Ajit Pay har ikki kompaniya Xitoy kompartiyasi va harbiylari bilan aloqador ekanligini hamda Xitoy qonunlariga ko‘ra ushbu mamlakat razvedka xizmatlari bilan hamkorlik qilishga majbur ekanligini aytdi.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Huawei’ga qarshi kiritilgan sanksiyalarni bir yilga uzaytirgandi.  

Top