09:30 / 30.06.2020
2775
ERIELL Group: «O‘zbekneftgaz» AJ bilan hamkorlikda yangi quduqlar ishga tushirildi

Iyun oyida ERIELL Group xalqaro neft-gaz xizmati kompaniyasi «O‘zbekneftgaz» AJ tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlikda «2017-2021 yillarda uglevodorod xomashyosi qazib olishni ko‘paytirish chora-tadbirlari dasturi»ni amalga oshirish doirasida quduqlarni sanoat foydalanishiga topshirdi. Buxoro viloyatida 2 ta va Qashqadaryo viloyatida 3 ta quduq sanoat foydalanishiga topshirildi.

Xususan, Buxoro viloyatidagi Gazli neft va gaz qazib boshqarmasining «Savatli» konida 8-sonli quduq sanoat foydalanishiga topshirildi, diametri 108×8 mm va umumiy uzunligi 586 m bo‘lgan gaz o‘tkazgich-shleyf qurildi. «Qo‘shimcha» konida 9-sonli quduq sanoat foydalanishiga topshirildi, diametri 108×8 mm va umumiy uzunligi 660 m bo‘lgan gaz o‘tkazgich-shleyf qurildi.

Qashqadaryo viloyatida Sho‘rtan neft va gaz qazib olish boshqarmasining «Yormoq» konida 8-sonli quduq sanoat foydalanishiga topshirildi. Diametri 114×9 mm va umumiy uzunligi 200 m bo‘lgan gaz o‘tkazgich-shleyf qurilishi amalga oshirildi.

Muborak neft va gaz qazib olish boshqarmasining «Janubiy Kemachi» konida 169- va 170-sonli ikkita quduq foydalanishga topshirildi. Umumiy uzunligi 2770 m bo‘lgan gaz o‘tkazgich-shleyflarning qurilishi bajarildi.

Barcha quduqlar konlardagi mavjud KIBga (kirish iplari bloki) ulangan.

Eslatib o‘tamiz, ERIELL Group o‘z xodimlarini koronavirus infeksiyasi tarqalishidan himoya qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘rmoqda, bu esa o‘z navbatida O‘zbekistonda uglevodorod xomashyosini qazib olishni ko‘paytirish bo‘yicha zimmasidagi majburiyatlarni xavfsiz va sifatli bajarishga imkon beradi.

ERIELL Group matbuot xizmati

Top