Birinchi bosqichda 14 mamlakatga Yevroittifoq hududiga kirishga ruxsat beriladi.
Yevrokengash 1 iyuldan Yevroittifoq chegaralari qaysi mamlakatlar uchun ochilayotganligi to‘g‘risidagi hujjatni e'lon qildi.
Birinchi bosqichda 14 mamlakatga Yevroittifoq hududiga kirishga ruxsat beriladi. Bunda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat YeIdagidan ko‘ra yomon bo‘lmasligi shart.
Ro‘yxatdan Jazoir, Avstraliya, Kanada, Gruziya, Yaponiya, Chernogoriya, Marokash, Yangi Zelandiya, Ruanda, Serbiya, Janubiy Koreya, Tailand, Tunis va Urugvay joy oldi. Agarda Xitoy 1 iyuldan YeI aholisiga o‘z hududiga kirishga ruxsat bersa, Xitoy ham ushbu ro‘yxatga kiritiladi.
Andorra, Monako, San-Marino va Vatikan kabi davlatlar fuqarolari avtomatik ravishda YeI rezidentlari hisoblanadi.
YeK bayonotida aytilishicha, ro‘yxat har ikki haftada ko‘rib chiqiladi va vaziyatdan kelib chiqib yangilab borilishi mumkin.