08:12 / 30.06.2020
13814

Jizzaxda yigit cho‘pon qizning otasi va ukasini urib, tan jarohati yetkazdi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

2020 yil 24 iyun kuni soat taxminan 17:00da 29 yoshli B.U. mast holatda Captiva rusumli avtomashinasida Jizzax shahar Shodlik MFY Obod ko‘chasiga borib “N” ismli qiz bilan suhbatlashayotgan bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u shu vaqtda bu yerda voyaga yetmagan 14 yoshli M.T. (qiz) va boshqa fuqarolarning chorva boqayotganligini ko‘rib, ularni bu yerdan ketkazish maqsadida kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqorat qilgan.

So‘ng, o‘zaro gap talashib, janjallashishi davomida B.U. hech bir sababsiz, bezorilik harakatlarining oldini olish chorasini ko‘rgan, voyaga yetmagan M.T.ning otasi L.B. va ukasi B.B.ning yuz va bosh sohasiga tosh bilan urib, tan jarohati yetkazgan.

Natijada fuqaro L.B. va B.B. olgan tan jarohatlari bilan RShTIYoMning Jizzax filiali tibbiyot bo‘limiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan fuqaro B.U.ga nisbatan Jizzax shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida B.U., jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan va unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top