16:33 / 30.06.2020
5484
O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalib chiqqanlar soni 5500dan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent, Qoraqalpog‘iston va Xorazmda jami 73 bemor koronavirusdan sog‘ayib chiqqani haqida xabar berdi.

«Shu soatlarda poytaxtimizdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 28 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 nafar, Xorazm viloyatida 43 nafar, jami 73 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uyiga kuzatildi», deyiladi vazirlik xabarida.

Ayni paytgacha Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Sirdaryo viloyatida jami 5600dan ortiq holat qayd etilgan, shu vaqtgacha 3262 nafar bemor sog‘aygan. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasida shu vaqtgacha 151 holat aniqlangan, bugungilar bilan qo‘shib hisoblaganda kasallikdan tuzalganlar soni 143 nafarga yetdi, yana 8 bemor davolanishni davom ettirmoqda.

Xorazm viloyatida shu vaqtgacha 318ta holat qayd etilgan, shu vaqtgacha koronavirusdan sog‘ayganlar soni 301 nafarga yetdi. Ayni vaqtda viloyatdagi tibbiyot muassasalarida 17 nafar bemor davolanmoqda.

Endilikda O‘zbekistonda kasallikdan tuzalib chiqqanlar soni 5569 nafarni tashkil etmoqda. Shifoxonalarda 2704 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 19 nafari og‘ir, 5 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top