12:59 / 01.07.2020
6128
2027 yilgi Osiyo Kubogi O‘zbekistonda o‘tkazilishi mumkin

O‘zbekiston 2027 yilgi Osiyo Kubogi musobaqasiga mezbonlik qilishi mumkin. Bu haqda OFK rasmiy saytida ma'lum qilingan.

Foto: Getty Images

Tashkilot saytida yozilishicha, 30 iyungacha 2027 yilgi Osiyo Kubogi mezbonligi uchun nomzodlar arizasi qabul qilingan. Shu kungacha Hindiston, Eron, Qatar, Saudiya Arabistoni va O‘zbekiston mezbonlik uchun ariza topshirgan.

Nomzodlarning takliflari va holati bir yil davomida  o‘rganib chiqiladi va 2021 yilda OFK Osiyo Kubogi-2027 mezboni nomi e'lon qiladi.

Top