21:48 / 01.07.2020
7775
Dunyoning eng qimmat brendlari reytingi e'lon qilindi  

Dunyoning 100 ta eng qimmat brendi umumiy qiymati bir yilda 5,9 foizga o‘sib, 5 trln dollarga yetdi. 

Kantar agentligi 1 iyulda dunyoning eng qimmat brendlari yuztaligi BrandZ Top 100’ni e'lon qildi. 

Yangi reytingga ko‘ra, Amazon kompaniyasi brendi eng qimmat brendlar orasida yetakchilik qilmoqda. Ushbu brend qiymati bir yil ichida 132 mlrd dollarga qimmatlashib, 415 mlrd dollarga yetgan.  

2-o‘rinni Apple egallamoqda. Ushbu brend 352 mlrd dollarga baholangan. 3-o‘rinni esa Microsoft 326 mlrd dollarlik qiymat bilan egallamoqda.

Keyingi o‘rinlarni Google (323 mlrd dollar), Visa to‘lov tizimi (186,8 mlrd dollar), Alibaba internet-riteyleri (152,5 mlrd dollar), Tencent kompaniyasi (150,9 mlrd dollar), Facebook ijtimoiy tarmog‘i (147,1 mlrd dollar) egallagan.

Yetakchi o‘ntalikni McDonald’s fastfud tarmog‘i 129,3 mlrd dollarlik qiymat va MasterCard to‘lov tizimi 108,1 mlrd dollarlik qiymat bilan yakunlagan.  

Top