14:02 / 01.07.2020
23897
MTRK rahbariyatida o‘zgarishlar kutilmoqda

Prezident administratsiyasi rahbarining OAV masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Farhod Mahmudov MTRKda ish boshlashi kutilmoqda.

Kun.uz manbasi ma'lum qilishicha, Farhod Mahmudov Xayrulla Nuritdinov o‘rniga MTRK raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlanmoqda.

Muqaddam O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston 24» telekanali bosh muharriri lavozimida ishlagan Farhod Mahmudov 2018 yildan OAV masalalari bo‘yicha prezident maslahatchisi o‘rinbosari bo‘lgan, 2019 yil sentyabridan esa prezident administratsiyasi rahbari o‘rinbosari sifatida ish boshlagandi.

Farhod Mahmudov Foto: «ProToday.uz»

O‘z navbatida, 2017 yil fevralidan buyon MTRK raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Xayrulla Nuritdinov «O‘zbekiston24» telekanali direktori lavozimiga o‘tkazilgan.

Xayrulla Nuritdinov

 

Top