10:03 / 01.07.2020
38045
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 8600dan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 124 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.

«2020 yil 1 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 8627 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 85 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 24 nafari Toshkent shahrida (shundan 11 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 13 nafari aholi orasida), 2 nafari Toshkent viloyatida (barchasi xalqaro yuk tashuvchi avtomobil haydovchisi), 5 nafari Buxoro viloyatida (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari aholi orasida), 7 nafari Xorazm viloyatida (shundan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari aholi orasida), 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholi orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.

30 iyun kuni jami 281ta yangi holat qayd etildi va bu yangi rekord hisoblanadi. 

Toshkent, Xorazm, Navoiy, Qoraqalpog‘iston va Surxondaryoda jami 186 kishi sog‘aydi va jami tuzalganlar soni 5682 nafarga yetdi. Shuningdek, 2 bemor vafot etib, jami o‘lim holatlari soni 26tani tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 2919 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 21 nafari og‘ir, 5 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. 

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top