11:45 / 02.07.2020
4479

O‘zbekiston ShHT qo‘shma harbiy o‘quvlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimiga qo‘shimcha qabul qildi

Foto: norma.uz

2020 yil 30 iyundagi O‘RQ-624-son Qonun bilan 2007 yil 27 iyundagi Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar o‘rtasida hamkorlikdagi harbiy o‘quvlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi Bitimga qo‘shimchalar kiritish haqidagi Bayonnoma ratifikatsiya qilindi. U 2019 yil 29 aprelda Bishkekda imzolangan.
 
Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq ShHTga a'zo har qanday davlat Bayonnomaga qo‘shilishi mumkin, bunda ushbu Bitim qo‘shilish to‘g‘risidagi hujjat depozitariydan olingan kundan boshlab 30 kun ichida kuchga kiradi, deb yozmoqda Norma.
 
Qabul qilingan mazkur hujjat ShHTga a'zo davlatlar o‘rtasida harbiy-texnikaviy sohadagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, tomonlarning harbiy xavfsizligini ta'minlash, o‘z Qurolli Kuchlarining harbiy salohiyatini mustahkamlash, harbiy kadrlar tayyorlash, harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha qo‘shma tadbirlarni amalga oshirish maqsadlariga xizmat qiladi.
 
Qonun 1.07.2020 yildan kuchga kirdi.

Mavzuga oid
Top