22:11 / 02.07.2020
9382
Rossiya xalqaro aviaqatnovlarga qo‘yilgan cheklovlarni 1 avgustgacha uzaytirdi

Iyun boshlarida Rosaviatsiya koronavirus bilan bog‘liq cheklovlarni muvofiqlashtiruvchi Rospotrebnadzorga 15 iyuldan xalqaro aviaqatnovlarni qisman ochish taklifi bilan chiqqandi.

Foto: Kevin Kurek / DPA / TASS

Rossiya havo transporti federal agentligi (Rosaviatsiya) aeroportlar va aviakompaniyalarga mamlakatga xorij fuqarolari kirishiga qo‘yilgan cheklov uzaytirilganligi to‘g‘risida telegramma  yubordi, deb xabar bermoqda RBK.

«Rossiya Federatsiyasiga xorij fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning kirishiga qo‘yilgan vaqtinchalik cheklov 2020 yil 31 iyul soat 23.59gacha amal qiladi», — deyiladi telegrammada. U 

Iyun boshlarida Rosaviatsiya koronavirus bilan bog‘liq cheklovlarni muvofiqlashtiruvchi Rospotrebnadzorga 15 iyuldan xalqaro aviaqatnovlarni qisman ochish taklifi bilan chiqqandi. Ammo bu taklif hozircha ma'qullanmadi, deb ma'lum qildi RBK manbalari.

Chegaralar qachon ochilishini tashqi ishlar vaziri Sergey Lavro ham bilmaydi. 

«Biz Rossiya hukumatini epidemiologik holat nuqtai nazaridan xorijdagi vaziyat qandayligi hamda ular tashqi olam uchun qanday ochilayotgani to‘g‘risidagi axborot bilan real vaqt rejimida ta'minlab turamiz», — dedi u Russia Today’ga bergan intervyusida.

Top