03:04 / 03.07.2020
9327
La Liga. «Real» ketma-ket 6-o‘yinda g‘alaba qozonib, chempionlikka yaqinlashdi
Foto: Getty Images

La Ligada 33-tur o‘yinlari davom ettrildi. Musobaqa yetakchisi «Real» o‘z maydonida «Xetafe»ni qabul qilib Ramosning penaltidan urgan goli evaziga g‘alaba qozondi. Bu Zidan jamoasining La Ligadagi ketma-ket 6-g‘alabasi bo‘ldi. Bu g‘alabadan so‘ng «Real»ning ochkolari soni 74taga yetdi va «Barselona» bilan farq yana 4 ochkoga oshdi.

La Liga. 33-tur

Real Madrid – Xetafe 1:0

Gol: Ramos (79, penalti).
Real Madrid: Kurtua, Mendi, Karvaxal, Varan (Militao, 33), Ramos, Modrich (Valverde, 63), Kroos, Isko (Rodrigo, 64), Kazemiro, Vinisius Junior (Asensio, 63), Benzema (Mariano Dias, 90).
Xetafe: Soriya, Nom, Olivera, Suares (Djyeyson, 75), Kukurelya (Duro, 69), Timor (Fajr, 84), Arambarri (Anxel Rodriges, 84), Djyene, Maksimovich, Echeyta, Mata (Molina, 75).
Ogohlantirishlar: Timor (1), Karvaxal (15), Ramos (26), Modrich (45), Nom (47), Militao (47), Suares (52), Mata (72), Arambarri (83), Mariano Dias (90).

Top