17:09 / 03.07.2020
35643

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 9300dan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 127 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.

«2020 yil 03 iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 9326 nafarni tashkil etmoqda.
 
Yangi kasallanish holatlarining 93 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 31 nafari Toshkent shahrida (shundan 13 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 18 nafari aholi orasida), 3 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.

Bugun hozircha jami 248ta yangi zararlanish holati qayd etildi, Toshkent va Namanganda 127 bemor tuzalib, shu vaqtgacha kasallikdan tuzalganlar soni 6161 nafarga yetdi.

Ayni vaqtda shifoxonalarda 3137 bemor davolanmoqda. Shundan 16 nafari og‘ir, 7 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
 

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top