19:24 / 03.07.2020
1895
Turkiya sudi Amnesty International tashkilotining to‘rt faolini qamoq jazosiga hukm qildi

Turkiya hukumati 2017 yil iyunda Qilich va yana 22 nafar yuristni Fathulloh Gulenning FETO tashkiloti faoliyatiga aloqadorlikda gumon qilib hibsga olgandi. 

Foto: DPA

Istanbul sudi Amnesty International huquqni himoya qilish tashkiloti mahalliy bo‘limining to‘rt nafar faolini ozodlikdan mahrum qilish to‘g‘risida hukm chiqardi. Bu haqda Sabah gazetasi xabar berdi.

Nashrning yozishicha, bo‘lim raisi Taner Qilich 6 yil uch oyga, qolgan uch nafar faol esa 2 yil 1 oydanga ozodlikdan mahrum qilindi. Ular "qurolli terrorchilik guruhiga aloqadorlik" moddasi bo‘yicha aybdor deb topildi.

Turkiya hukumati 2017 yil iyunda Qilich va yana 22 nafar yuristni Fathulloh Gulenning FETO tashkiloti faoliyatiga aloqadorlikda gumon qilib hibsga olgandi. 

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Amnesty International tashkilotini mamlakatda yangi davlat to‘ntarishi tayyorlashga urinishda ayblagandi. O‘tgan yilning iyulida Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘li ushbu tashkilotning Turkiyadagi vakolatxonasi rahbari Idil Eser FETO faoliyatiga aloqador ekanligini aytgandi. U shu bilan birga, Anqara Amnesty International faoliyatiga to‘sqinlik qilmasligini bildirgan.

Top