22:49 / 04.07.2020
9763
Amerikalik ayol xot-dog yeyish bo‘yicha rekord o‘rnatdi
Foto: Flickr / dinnercraft

Amerikalik Miki Sudo ayollar o‘rtasida xot-dog yeyish bo‘yicha Nyu-Yorkda o‘tkazilgan musobaqada 10 daqiqa ichida 48 yarim dona xot-dog yeb rekord o‘rnatdi.

Miki Sudo o‘tgan yili 31 dona xot-dog yeya olgandi, rekordi esa 41 dona xot-dog hisoblanadi.

U 2014 yildan buyon ayollar orasida chempionlikni qo‘ldan bermay kelmoqda.

Nathan's Famous Hot Dog Eating Contest musobaqasi Nyu-Yorkda har yili 4 iyulda mustaqillik kuni bayrami munosabati bilan o‘tkaziladi.   

Xot-dog yeyish bo‘yicha birinchi musobaqa 1916 yilda o‘tkazilgan bo‘lib, o‘shanda irlandiyalik Jim Mallen 12 daqiqa ichida 13 dona xot-dog yeb g‘olib bo‘lgan.

Top