10:04 / 04.07.2020
18045
Ayolning surat va videolarini internetga tarqatmaslik uchun 15 mln so‘m talab qilgan shaxs ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: Tergov departamenti

2020 yilning 24 iyun kuni soat 19:00da Xorazm viloyati IIB hamda Bosh prokuratura huzuridagi IJQK departamenti viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tadbir o‘tkazilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, tadbir jarayonida 30 yoshli Sh.R. tanishi 22 yoshli M.Q. (ayol)ning shaxsiy hayotiga oid ma'lumotlarni, fotosurat hamda video tasvirlarni oshkor qilish bilan qo‘rqitib, ma'lumotlarni tarqatmaslik evaziga 15 860 000 so‘m pul berishini talab qilib, talab qilingan 15 860 000 so‘m pullarni M.Q.ning onasi M.A.dan olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan voqea joyida qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Sh.R.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergovni Urganch shahri 2-son IIB huzuridagi Tergov guruhi olib bormoqda. 

Sh.R. JKning 165-moddasi 2-qismi “a” (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan tovlamachilik) bandi bilan gumon qilinib, protsessual tartibda ushlangan.

Dastlabki tergov jarayonida Sh.R. ayblanuvchi tariqasida ishda jalb qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.    

 

Top