13:46 / 04.07.2020
5255
Mercedes-Benz mojarosi: Marg‘ilonda fuqaroni aldagan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Illyustrativ foto

Joriy yilning 11 iyun kuni fuqaro Marg‘ilon IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati.

U 2020 yil yanvar oyida noma'lum shaxs ishonchiga kirib, Mercedes Benz Vito rusumli avtomashinasini 7.200 AQSh dollariga sotib olishga kelishib, 2.900 AQSh dollari pullarni berib, qolgan pullarni keyinchalik berishini aytib, bergan va'dasini bajarmasdan avtomashinani boshqa shaxsga sotib, pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborganini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Marg‘ilon IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor tadbirlar davomida mazkur jinoyatni A.A. sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Farg‘ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi begona shaxslar bilan oldi-berdi qilmaslikni, aks holda firibgarlarga aldanib qolishlari mumkinligi haqida ogohlantirgan.

Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Top