10:58 / 04.07.2020
30569

Olmaliqda tibbiyot xodimida koronavirus aniqlandi

Ayni vaqtda shahar IIB tomonidan Olmaliq shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika va shifoxonasi yopilgan.

Foto: Getty Images

Toshkent viloyati Olmaliq shahrida bir nafar tibbiyot xodimida koronavirus infeksiyasi tahliliga topshirilgan test musbat natija bergan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar qilmoqda.

Viloyat hokimligi xabarida qayd etilishicha, Olmaliq shahar Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi rahbari Farrux Musayev shunday ma'lumot bergan.

Unga ko‘ra, kecha, 3 iyul kuni Olmaliq shahridagi bir nafar tibbiyot xodimi va bir nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi tahliliga topshirilgan test natijasi musbat chiqqan. 

“Hozirda ushbu fuqarolardan yana qaytadan test tahlillari olindi”, - deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, ayni vaqtda shahar IIB tomonidan Olmaliq shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika va shifoxonasi profilaktika maqsadida yopilib, tezkor surishtiruv ishlari olib borilmoqda.  

Avvalroq, O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 9500ga yetgani xabar qilingandi.

Yangi kasallanish holatlarining 25tasi Toshkent viloyatida (shundan 5 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 20 nafari aholi orasida) qayd etilgan.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top