14:17 / 04.07.2020
6780
Trampning maslahatchisida koronavirus aniqlandi

Unda koronavirus Janubiy Dakotada, Tramp ishtirokidagi tadbir oldidan aniqlangan.

Foto: Bryan Woolston / Reuters

AQSh prezidenti Donald Trampning saylovoldi kampaniyasi uchun mablag‘lar yig‘ishga mas'ul maslahatchisi Kimberli Gilfoyl koronavirusga chalindi. Bu haqda Trampning saylovoldi shtabi moliyaviy qo‘mitasi rahbari Serxio Gorga tayanib CNN xabar berdi.

«Test natijasi musbat chiqqanidan keyin Kimberli zudlik bilan izolyatsiya qilindi. U o‘zini yaxshi his qilmoqda va tashxisni tasdiqlash uchun yana bir marta tekshiruvdan o‘tadi», — dedi Gor.

Unda koronavirus Janubiy Dakotada, Tramp ishtirokidagi tadbir oldidan aniqlangan, deb yozadi CNN o‘z manbasiga tayanib.

Yana bir manbaning aytishicha, Gilfoyl oxirgi vaqtlarda prezident bilan muloqotda bo‘lmagan, ammo iyun oxirida Tramp ishtirokidagi tadbirlarda qatnashgan.

AQSh COVID-19 yuqtirish holatlari bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Jons Hopkins universiteti ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 2,7 mln kishi ushbu kasallikka chalingan, 129,4 ming kishi vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top