15:12 / 04.07.2020
35121
Uchta OTMga rektor tayinlandi

Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va Toshkent shahridagi Adju universitetiga yangi rektorlar tayinlandi.

Foto: Toshkent farmatsevtika instituti

Hukumatning 3 iyuldagi qarori bilan G‘ayrat Ozodovich Murodov Toshkent shahridagi Adju universitetining rektori etib tayinlandi.

Shuningdek, Kamol Saidakbarovich Rizayev Toshkent farmatsevtika institutining rektori lavozimida ish boshladi.

Bundan tashqari, Jamshid Shuhratullayevich Inoyatxo‘jayev Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Top